1. Umumiy ma'lumot
«Kasaba Loyiha» loyiha boshqaruv tizimi — bu kompaniyaning ichki xizmatchi dasturi. U arxitektura-loyihalash ishlarini yuritish uchun mo'ljallangan va faqat kompaniya xodimlari hamda buyurtmachilarning vakolatli vakillari foydalanadi.
Tizimda ochiq ro'yxatdan o'tish yo'q. Har bir hisob administrator tomonidan yaratiladi, shuning uchun tizim tashqi foydalanuvchilardan mustaqil ravishda shaxsiy ma'lumot yig'maydi.
Ma'lumotlar egasi va ular uchun javobgar tomon — «Kasaba Loyiha». Mobil ilova (iOS va Android) shu bir xil tizimning bir qismi bo'lib, alohida ma'lumotlar bazasi yuritmaydi.
2. Qanday ma'lumotlar saqlanadi
Hisob ma'lumotlari: familiya, ism, otasining ismi; login; parolning kriptografik xesh qiymati (parolning o'zi hech qachon saqlanmaydi va uni tiklab bo'lmaydi); tizimdagi rol va bo'lim.
Ish ma'lumotlari: obyektlar, vazifalar, zamechaniyalar, izohlar, yuklangan hujjat va rasmlar, shartnoma va to'lov yozuvlari — ya'ni foydalanuvchining o'zi tizimga kiritgan narsalar.
Texnik ma'lumotlar: sessiya tokenlari; push-bildirishnoma uchun qurilma tokeni, platforma (iOS/Android), ilova versiyasi va qurilma modeli; harakatlar jurnali (kim, qachon, nima o'zgartirgani).
Telegram (ixtiyoriy): foydalanuvchi o'z Telegram hisobini ulashni tanlasa, uning Telegram chat raqami va @username saqlanadi. Bu qadam majburiy emas va istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Tizim joylashuv (GPS) ma'lumotini, telefon kontaktlarini, qo'ng'iroqlar va SMS tarixini yig'maydi. Reklama identifikatorlari va uchinchi tomon kuzatuv (tracking) vositalari ishlatilmaydi.
3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Foydalanuvchini tanib olish va uning roliga mos ma'lumotlarni ko'rsatish.
- Loyiha ishlarini yuritish: vazifalar, hujjatlar, muddatlar va to'lovlarni qayd etish.
- Yangi vazifa, zamechaniya, izoh va muddat haqida bildirishnoma yuborish.
- Xavfsizlik: kim qanday o'zgartirish kiritganini kuzatish va nizoli holatlarni aniqlash.
Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi tomonlarga tijorat maqsadida berilmaydi.
4. Mobil ilova so'raydigan ruxsatlar
Har bir ruxsat faqat tegishli amal bajarilayotganda so'raladi va rad etilishi mumkin — ilovaning qolgan qismi ishlayveradi.
- Bildirishnomalar — yangi vazifa va zamechaniya haqida xabar berish uchun.
- Kamera va rasmlar — faqat foydalanuvchi hujjat yoki obyekt fotosini yuklashni tanlaganda. Ilova kamerani fonda ishlatmaydi va galereyani o'zi ko'rib chiqmaydi.
- Qurilma xotirasi — faylni yuklab olish va oflayn ishlash uchun oxirgi ko'rilgan ro'yxatlarni vaqtincha saqlash. Bu nusxa tizimdan chiqilganda o'chiriladi.
5. Ma'lumotlar kimga uzatiladi
Ma'lumotlar kompaniyaning o'z serveridagi ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Quyidagi xizmatlar faqat o'z vazifasini bajarish uchun zarur qismni oladi:
- Google Firebase Cloud Messaging — push-bildirishnomalarni yetkazish uchun. Unga qurilma tokeni va bildirishnoma matni (sarlavha va qisqa tavsif) uzatiladi.
- Cloudflare R2 — yuklangan hujjat va rasm fayllari shu obyekt xotirasida saqlanadi.
- Telegram — faqat foydalanuvchi o'z hisobini ulagan bo'lsa va faqat o'sha foydalanuvchiga tegishli bildirishnoma matni.
- Anthropic (Claude) — AI-yordamchi ishlatilganda, foydalanuvchi yozgan savol, unga biriktirgan fayllar (rasm, PDF, Word, Excel) va javob berish uchun zarur bo'lgan tizim ma'lumotlari. Yordamchi foydalanuvchining o'z ruxsati doirasidagi ma'lumotdan tashqarisiga murojaat qila olmaydi. Biriktirilgan va yordamchi tayyorlagan fayllar faqat shu foydalanuvchining suhbatida saqlanadi, obyekt hujjatlariga qo'shilmaydi.
Bundan tashqari ma'lumot faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab qilgan hollarda va shu talab doirasida beriladi.
6. Saqlash muddati
Ish yozuvlari (obyektlar, vazifalar, hujjatlar, harakatlar jurnali) kompaniya faoliyati uchun zarur bo'lgan muddat davomida saqlanadi — ular loyihaning rasmiy tarixi hisoblanadi.
AI-yordamchi suhbatlari ham ish yozuvi hisoblanadi. Foydalanuvchi o'chirgan suhbat uning ro'yxatidan olib tashlanadi, lekin tizimda saqlanib qoladi: kompaniya rahbariyati barcha suhbatlarni, o'chirilganlarini ham, ko'ra oladi. Rahbariyat ochgan har bir suhbat harakatlar jurnaliga yoziladi.
Xodim ishdan bo'shaganda uning hisobi faolsizlantiriladi: tizimga kirish to'xtaydi va qurilma tokenlari darhol o'chiriladi, ya'ni uning telefoniga kompaniya bildirishnomalari boshqa kelmaydi. Tizimdan chiqilganda ham o'sha qurilmaning tokeni o'chiriladi.
7. Xavfsizlik
- Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda amalga oshiriladi.
- Parollar faqat xesh ko'rinishida saqlanadi.
- Har bir foydalanuvchi faqat o'z roli va o'ziga biriktirilgan obyektlar doirasidagi ma'lumotni ko'radi.
- Ma'lumot ustidagi har bir o'zgartirish jurnalga yoziladi.
Shunga qaramay, internet orqali uzatishning mutlaq xavfsiz usuli mavjud emas. Hisobingizga ruxsatsiz kirilganidan shubhalansangiz, darhol administratorga murojaat qiling.
8. Bolalar
Tizim faqat kompaniya xodimlari va vakolatli vakillar uchun mo'ljallangan. U bolalarga qaratilmagan va 18 yoshgacha bo'lgan shaxslardan ataylab ma'lumot yig'maydi.
9. Foydalanuvchi huquqlari
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish, noto'g'ri yozuvni tuzatish yoki hisobingizni faolsizlantirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun kompaniya administratoriga yoki quyidagi manzilga murojaat qiling.
E'tibor bering: ish yozuvlarining o'zi (bajarilgan vazifalar, imzolangan hujjatlar, harakatlar jurnali) kompaniyaning hisobot hujjatlari hisoblanadi va alohida shaxs talabi bilan o'chirilmaydi.
10. O'zgarishlar
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Har bir yangilanishda yuqoridagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida foydalanuvchilar tizim orqali xabardor qilinadi.
11. Aloqa
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: info@kasaba-loyiha.uz
© 2026 Kasaba Loyiha